Nafas oldim, kirarsan ichimga quvvat ila,
Chiqarganda nafas, qo`shilganday bo`lgan sanga.
Zikr so`zi titralar omonatingni,
Kerakmi manga endi sen yaratgan tana!
***
Nafasim bo`lganda teng Seniki ila,
Hayolsiz bo`laman sezmayin o`zim.
Nafasimda yo`qliqdan boshqa hech narsa,
Nahotki tanamni yo`qlikga berolmas borliq!
***
Fikr senda, xael senda,
Nafas olish sen ila faqat.
Quvvat senda, nur senda,
Harakating bergin manga zikrla.
***
Nafas olish va chiqarish bilan dardu – xastaliklarni,
og`riqu – noqulailikni, qiyinchiligu – omadsizlikni engishga o`rganing.
***
Sabr – toqat va chidamlilikning asosi, bu to`g`ri nafasdir.
***
Inson yashashi uchun eng muhim narsa suv va non bo`lsa, nafas eng muhimning muhimidir.
***
Qanchalik nafas to`g`ri bo`lsa, shunchalik fikr ravshan bo`ladi.
***
Har bir nafasingizda maqsadga intilishni o`zingizga odat ailang.
***
Nafasning o`ta kerakligi – nafas olishdan bir daqiqa to`xtatganda bilinadi. |