|
Xikoyalar
Ikki solih bir – biri bilan suhbat qilib o`tirgan ekan, biri ikkinchisiga savol beribdi:
– Men ko`p narsaga tushunmayman, shekilli. Agar Alloh hech narsaga muhtoj bo`lmasa, nega
uni maqtashimiz, ko`klarga ko`tarishimiz kerak bo`ladi? Nima biz undan qarzmizmi?
Ikkinchi solih aytibdi:
– Biz Yaratgandan har daqiqa qarzmiz va doimiy qarzdormiz.
Shunda taajubdan pasaygan solih nafasini rostlab gerdayib:
– Ha, qarzdormiz, lekin har daqiqa emas.
Ikkinchi solih unga yaqinlashib qo`llari bilan birinchi solihning burun – og`zini bekitibdi. Nafasi siqilgan solih kuch
bilan itarib, debdi:
– Sen nima qilayapsan, axir o`ldirib qo`iasanku!
Shunda ikkinchi solih jiddiylik bilan debdi:
– Seni Hudoning nafas qarzidan qutqarmoqchi edim.
So`fiy donishmand matali
|